ShHT Bosh kotibi: Bu kun ham Eron, ham tashkilot uchun muhim

Eron ShHTga a’zo bo‘ldi. O‘zaro anglashuv memorandumi Samarqandda Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari va Tashkilot Bosh kotibi tomonidan imzolandi.

ShHT Bosh kotibi Chjan Min mamlakatning tashkilotga kirishiga izoh berdi.

ShHT Bosh kotibi Chjan Min bu kunni ham Eron, ham tashkilot uchun muhim deb atadi.

Eronning ishtirokchi davlatlar guruhiga kirishi Shanxay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi, deydi u.