ShHT mamlakatlari inflyuenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga aʼzo mamlakatlarning yetakchi inflyuenserlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi va Samarqand shahridagi “Ipak yoʼli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Bosh vazir oʼrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Аziz Аbduhakimov bilan uchrashishdi.
Аziz Аbduhakimov ular bilan muloqot qilar ekan, Oʼzbekistondagi turizm sohasidagi islohotlar hamda ShHT sammiti oldidan Samarqand ruhini aks ettirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar haqida maʼlumot berdi.
Inflyuenserlar, o‘z o‘rnida, Oʼzbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida boʼlib, sohadagi oʼzgarishlarga shaxsan guvoh boʼlganliklarini taʼkidlashdi hamda islohotlarni yuqori baholashdi.
Ma'lumot uchun, xorijlik inflyuenserlar sayohat davomida O'zbekiston, xususan, Samarqand haqidagi ijobiy taassurotlarini o‘z platformalariga joylab borishmoqda. Bu esa ShHT sammiti arafasida Samarqandda qilinayotgan ishlar, ShHTda Samarqand ruhi va umuman O'zbekistonning turizm salohiyatini keng targ'ib qilishga imkon beradi.






