SHHT mamlakatlari o'rtasida agrar texnologiyalarni almashish va ta'lim bazasini yaratish

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev 2021 yil 12 avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining a’zo davlatlari vazirlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha oltinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tadbir natijalariga ko‘ra, SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma bayonoti ma’qullandi va imzolandi, shuningdek Agrar texnologiyalarni almashish va ta’lim bo‘yicha SHHTning ko‘rgazma bazasini yaratish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Vazir qishloq xo‘jaligi sohasi SHHTga a’zo davlatlar hamkorligining eng faol jabhalaridan biri ekanini ta’kidladi. Ko‘rgazma bazasi davlatlar o‘rtasida tajriba almashishga, bozor tamoyillari asosida sohaga oid hamkorlikni rivojlantirishga, yangi yuqori agrotexnologiyalar hamda yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish sohasidagi ilg‘or bilimlarning keng yoyilishiga hissa qo‘shadi.
Ilgari Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi: «Yanlin yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi ko‘rgazma sanoat zonasi bugungi kunda fan va amaliyot yutuqlari asosidagi xalqaro almashinuvlar va hamkorlikning yangi moddelarini rivojlantirishning nufuzli hamda keng qamrovli platformalaridan biri tariqasida Xitoyning milliy brendi deb tan olindi» - deb aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, SHHT davlatlarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi to‘g‘risidagi asosiy hujjat 2010 yilning iyun oyida Toshkent shahrida imzolangan edi.






