ShHT sammiti doirasida xalqaro va mahalliy jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar

Samarqandda ertangi Sammit uchun qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ayni damda Samarqandga ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining tashrifi bilan birgallikda, ko’plab mehmonlar va albatta OAV vakillari, mahalliy hamda xorijiy jurnalistlarning tashrifi amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonni jurnalist va axborot vositalarisiz tasavvur qilish mushkul. Zero, aynan mazkur soha vakillari har qanday ma’lumotni tezkor va sifatli tarzda keng ommaga yetkazib beradilar.
Bugun Samarqandda OAV vakillari uchun barcha sharoitlar yuqori darajada yartilganiga guvoh bo’ldik. Xorijiy va mahalliy jurnalistlar tezkor internet va aloqa sifati, zamonaviy hamda yuqori sifatli texnologiyalar faoliyatimiz uchun maksimal darajadagi qulaylikni taqdim etmoqda deya ta’kidlab, mamlakatimizda sohaga bo’lgan e’tiborni yuqori baholamoqdalar.






