ShHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari qoʻshma tadbirlar oʻtkazish borasida muzokaralar olib bordilar

Mudofaa vazirlarining uchrashuvida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, mudofaa va xavfsizlik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli vazifalar belgilandi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar koʻrib chiqildi: ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik, osoyishtalik va ishonchli barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish; ShHT va boshqa mintaqaviy hamkor tashkilotlar o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish; Tashkilotga aʼzo davlatlar Qurolli Kuchlari oʻrtasida harbiy madaniyat sohasida oʻzaro anglashuv, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma boʻlgan harbiy orkestrlarning “Tinchlik quvuri” festivalini davom ettirish.

P.S. ShHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari yigʻilishi yakunlari boʻyicha qoʻshma kommyunike imzolandi.