ShHTga a’zo davlatlar kino kunlari doirasida «Ipak yo‘li gavhari» Toshkent xalqaro kinofestivali o’tkaziladi

13-sentabr kuni “O‘zbekfilm”ning Kichik pavilyonida ShHTga a’zo davlatlar kino kunlari va ShHTga a’zo davlatlar kinoforumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
ShHT kino kunlari 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitiga to‘g‘ri keldi.
Mamlakatlar delegatsiyalari Toshkent va O‘zbekistonning turli viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda Kino kunlarini o‘tkazadi. Delegatlar orasida: “Roskino” AJ rahbari Inna Shalito, Shaken Aymanov nomidagi “Qozoqfilm” AJ vitse-prezidenti Serik Abishev, Tolomush Okeyev nomidagi “Qirg‘izfilm” milliy kinostudiyasi direktori Oqjol Bekbolotov va boshqalar bor.






