ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig’ilishi

O'zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida bugun Toshkent shahridagi ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig’ilishi o'z ishini boshladi.

Tadbir ishtirokchilarining birgalikda suratga olish marosimi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv 2022-yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir.