ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari tor doiradagi uchrashuvda qanday mavzularni muhokama qilmoqda?

Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, kun tartibiga keng ko‘lamli masalalar kiritilgan.

Xususan, gap dunyoda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar sharoitida hamkorlikni chuqurlashtirish, yanada adolatli va ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish, tashkilot faoliyatini modernizatsiya qilish, tashqi siyosatni muvofiqlashtirishni kuchaytirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari va iqtisodiy sohada birgalikdagi ishlarning samaradorligini oshirish haqida bormoqda.