
Dushanbe shahrida "ShHTning 20 yilligi: mintaqaviy forumdan global e'tirofga qadar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy videokonferensiya bo'lib o'tdi.
OAV vakili Sanjar Valiyev iqtisodiy o'sishning yangi nuqtalarini izlash va transport-tranzit yo'laklarini tashkil etish orqali SHHT faoliyatini rivojlantirish muhimligini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilda O'zbekiston SHHT sammitini qabul qiladi, shuni inobatga olgan holda, ekspert mamlakatning faol tayyorgarligiga ishora qildi.
"Mamlakatimiz SHHT bo'yicha hamkorlar bilan birgalikda yangi o'n yillikda tashkilotni rivojlantirish uchun yanada zamin yaratmoqchi", - dedi Sanjar Valiyev.






