ShHTning O‘zbekistondagi jamoatchilik diplomatiyasi markazi xodimlariga ShHTning yubiley medallari topshirildi

2021 yil Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganiga 20 yil bo'ldi.
Shu munosabat bilan tashkilotga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi qarori bilan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga 20 yil” yubiley medali toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yubiley medali bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning davlat xizmatchilari va jamoat arboblari, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotini yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga katta shaxsiy hissa qo‘shgan ShHTga a’zo davlatlarning doimiy organlari mansabdor shaxslari va vakillari beriladi. .
Joriy yilning 27 dekabr kuni Toshkent shahridagi ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi binosida Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari vakillariga medallarni tantanali ravishda topshirdi.






