SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etadigan davlatlar rahbarlarining tashriflari boshlandi

Ilk rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnagiyn Xurelsux Samarqand aeroportiga yetib keldi, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, ayni daqiqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloning tashrifi kutilmoqda.
Shuningdek, bugun:
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi.
Qolgan barcha mehmonlar tashrifi esa ertaga, 15-sentabr kuni kutilmoqda.
Bu kuni ko‘plab ikki tomonlama muzokaralar rejalashtirilgan. Kechga yaqin SHHT sammitining norasmiy tadbirlari boshlanadi. Asosiy tadbir esa 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi turizm markazidagi Kongress xolda bo‘lib o‘tadi.






