Shimoliy Koreya poytaxtida qayta karantin joriy etildi

Shimoliy Koreya poytaxti - Pxenyan shahrida yana karantin joriy etildi. Bu haqda mahalliy “NK News” portali hukumat xabariga tayanib ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, karantin muddati 5 kun etib belgilangan.

Jurnalistlarning maʼlum qilishicha, karantin bugun, 25-yanvardan boshlab joriy qilingan. Bu vaqt ichida Pxenyan aholisi o‘z uylarida qolib, kuniga bir necha marta tana haroratini o‘lchashlari kerak bo‘ladi. Karantin mamlakatning boshqa davlatlariga ham ta’sir qilish yoki qilmasligi hozircha noma’lum.

Qayd etilishicha, hukumat xabarnomasi “NK News” nashrida chop etilgan kunning ertasiga Pxenyan aholisi karantin boshlanishi haqidagi mish-mishlar tufayli vahima ichida oziq-ovqat jamg‘arishga kirishgan.