Shofirkon tumaniga yangi hokim tayinladi

Davlat soliq qo‘mitasi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Fayzulloyev Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Jamshid Sharopov salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi.

Alisher Fayzulloyev 1979-yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent moliya instituti tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi, Toshkent shahar Chilonzor va Sergeli tumanlari moliya bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.