Shohruh Rahimov ITSV huzuridagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligining yangi rahbari etib tayinlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-fevraldagi 53-sonli qaroriga muvofiq, Rahimov Shohruh Hamidovich Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.

Sh.Rahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining turli tarkibiy boʼlinmalari hamda boshqa tashkilotlar va tarmoq birlashmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.