Shohsanamxon Toshpo‘latova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi!

Para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha final bahslarida hamyurtimiz Shohsanamxon Toshpo‘latova 2:27.92 daqiqa vaqt bilan 3-o‘rinni egalladi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 15 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.






