Shomurodov gollar bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining rekordini takrorladi

O'yin huquqi “Roma”ga tegishli bo‘lgan “Spays” hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi safida gollar bo‘yicha rekordni takrorladi.

Nazorat uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Boliviya terma jamoasini mag‘lub etdi (1:0), bu o‘yindagi gol Shomurodov uchun terma jamoadagi 34-gol bo‘ldi. Shomurodov 1999 yildan 2014 yilgacha ushbu jamoada o'ynagan Maksim Shatskixning rekordini takrorladi.

Hozirda Shomurodov Markaziy Osiyodagi eng qimmat futbolchi. Uning narxi 7 million yevro.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bright Uzbekistan Shomurodovning Rimdagi uyiga tashrif buyurib, undan eksklyuziv intervyu olgandi.