Shvetsariya turistlar uchun koronavirus cheklovlarini bekor qiladi

Shvetsariyaning migratsiya masalalari bo‘yicha kotibiyati maʼlum qilishicha, Shvetsariya joriy yilning 2-mayidan boshlab mamlakatga kirib kelishda barcha koronavirus cheklovlarini bekor qiladi.
“Shu kundan boshlab odatiy kirib kelish qoidalari amalga kiritiladi”, – deyiladi kotibiyat xabarida.
P.S. Mamlakatda 1-apreldan jamoat joylarda niqob taqish, kafe va restoranlarga kelishda covid-sertifikatlar talab qilish tartibi bekor qilingan edi.






