Shveytsariya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2021-yilning 24-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Shveytsariyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Obolenskiyning uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ishonch yorliqlari nusxasini olgach, vazir elchini O'zbekistondagi faoliyati boshlanishi bilan tabrikladi va unga mas'uliyatli lavozimda omad tilab qoldi.
Suhbat chog'ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni qayta tiklash, xususan, siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi.
Tomonlar Afg'onistondagi vaziyat va Shveytsariya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalasi yuzasidan fikr almashdilar.






