Shveysariyada dori vositalari tanqisligi e’lon qilindi

Shveysariyada dori-darmon tanqisligi mavjud, deya ma’lum qilgan “pharmaSuisse” jamiyati prezidenti Martina Ruggli “Blick” gazetasiga bergan intervyusida. Uning aniqlik kiritishicha, mamlakatda yuqori qon bosimi, Parkinson kasalligi, epilepsiya uchun maxsus antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi vositalar va yurak dori vositalari yo‘q.
“Tanqislik butun assortimentga taalluqlidir. Tibbiy sug‘urta bilan qoplanadigan barcha dori vositalarining qariyb yetti foizi mavjud emas”, — deya qayd etgan Martina Ruggli.






