Shveytsariya tashqi ishlar federal maslahatchisi (vazir) bilan telefon orqali suhbat haqida

2020 yil 7 dekabrda O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Shveytsariya Konfederatsiyasi tashqi ishlar federal maslahatchisi (vaziri) Ignazio Kassis o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lib o'tdi.

Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari O'zbekiston-Shveytsariya ko'p qirrali aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish, resurslarni tejash va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqishlarini tasdiqladilar.

Uchrashuvda ikki mamlakatning BMT, EXHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o'zaro aloqalari masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, ular turli darajalarda bo'lib o'tadigan aloqalar jadvali to'g'risida fikr almashdilar.

 

Manba: https://mfa.uz/ru