«Silk Road Samarkand» turistik majmuasi

Butun Markaziy Osiyoning diqqatga sazovor maskaniga aylanadigan, “Yangi Samarqand” ramzi “Silk Road Samarkand” turistik majmuasining qurilishi nihoyasiga yetmoqda.

Majmua hududida 12 ta ko‘prik barpo etildi, 46 gektar sun’iy ariqlar tozalandi va obodonlashtirildi, jumladan, uzunligi 2 ming 215 metr bo‘lgan eshkak eshish kanali, 20 kilometrga yaqin yo‘l yotqizildi. Ipak yo‘li Samarqand qurilishiga 10 mingdan ortiq mutaxassis jalb qilindi.

P.S. Sentabr oyida “Silk Road Samarkand” ilk sayyohlarni qabul qilib, yirik tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylanishni rejalashtirmoqda.