Sirdaryo viloyati hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Sirdaryo viloyati hokimi, senator Gʼofurjon Mirzaev tashabbusi bilan ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi.

Tadbir davomida qariyb 200 nafardan ortiq tadbirkor va oʼz biznesini boshlash istagida boʼlgan fuqarolarning 250 ga yaqin murojaati koʼrib chiqildi.

Bildirilgan murojaatlarning aksariyati banklardan kredit olishda yuzaga kelayotgan muammolar boʼlgani inobatga olinib, banklar faoliyati tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida kredit olish bilan bog'liq muammolarning asosiy sababi aniqlandi: ba'zi mas'uliyatsiz mijozlarning beparvoligi tufayli milliardlab bank mablag'lari qaytarilmayapti.

Kredit olish masalasidagi muammolarning asosiy sabablaridan biri ayrim loqayd, eʼtiborsiz mijozlar qarzdorliklari tufayli banklarning milliardlab mablagʼlari oʼrni qoplanmay qolayotgani oydinlashdi.

Shundan soʼng, muammolarni hal etish boʼyicha bank va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq koʼrsatma va topshiriqlar berildi.