Bugun Mirziyoyev Sirdaryoga boradi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi.

Shuningdek, tashrif davomida ijod maktabi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.