Siz bizning shifoxonamizga oddiy gripp bilan kelasiz, lekin omikron bilan ketishingiz mumkin

Toshkentda koronavirus bilan bogʼliq ogʼir vaziyat kuzatilmoqda. “Zangiota-2 yuqumli kasalliklar” shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov Toshkent shahri aholisiga murojaat qildi.

"Аksariyat odamlar bizga tashxis qoʼyish uchun murojaat qiladilar, yaʼni ular nafaqat oʼzlarini, balki qarindoshlarini ham xavf ostiga qoʼyadilar. Ular virus yuqtirishlari mumkinligini tushunmaydilar. Barchadan iltimos, tushunib oling: Zangiota 1 va 2 kasalxonalari COVID-19 asoratlari bilan ogʼrigan bemorlarni davolash uchun tashkil etilgan".

"Tashxis qoʼyish uchun poliklinikalar va tuman SES boʼlimlariga murojaat qiling".