Skandinaviyada har ikkinchi reys bekor qilindi

“Skandinaviya havo yo‘llari” aviakompaniyasining 900 dan ortiq uchuvchisi rahbariyat bilan 8 oy davom etgan muzokaralar muhim natijalarga olib kelmaganidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Ularning asosiy talabi — maoshni 30 foizga oshirish bo’lgan.

Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada har ikkinchi reys bekor qilingan.

Kompaniya rahbariyati norozilik namoyishlar “jiddiy” moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelganini, SAS aksiyalari 8 foizga tushib ketganini maʼlum qildi.

Ayni paytda Fransiya va Ispaniya aeroportlarida norozilik namoyishlar davom etmoqda.

Air France aviakompaniyasi Ruassi – «Sharl de Goll» aeroportida yuklarni saralash tizimiga taʼsir ko‘rsatgan ommaviy norozilik namoyishlar tufayli yuki kechikkan 17 ming yo‘lovchidan uzr so‘radi.

Ispaniyada bortprovodniklar easyJet va Ryanair aviakompaniyalari rahbariyati o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaymoqda.

Kasaba uyushmalari yozgi taʼtil oldidan aviakompaniyalarga bosimni kuchaytirish niyatida.