Sloveniya delegatsiyasining JIDUga tashrifi

Sloveniya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Tanya Fayonning mamlakatimizga tashrifi doirasida, bugun 9-fevral kuni Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetida oliygoh professor-o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tashrif doirasida Tanya Fayon JIDU rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazilib, unda universitet faoliyati, ta'lim tizimi va kelgusi rejalari haqida so'z bordi.

Shuningdek, Sloveniya Bosh vazir o'rinbosari va Tashqi ishlar vaziri JIDU talabalari bilan uchrashib, suhbatlashdi.

P.S. 8-fevral kuni Sloveniya Bosh vazir o'rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon hamda O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Xodjayev ishtirokida "O'zbekiston - Sloveniya" boznes-forumi o'tkazilgan edi.