Snapchatdan yangi Pixy selfi droni

Snapchat Pixy nomdagi xabar almashish ilovasi bilan ishlaydigan cho‘ntak selfi dronini taqdim etdi.
Gadjetda masofadan boshqarish pulti yo‘q, dron esa oldindan belgilangan traektoriya bo‘ylab uchadi, uni kalit yordamida tanlash mumkin bo’ladi. Qurilma AQSh va Fransiyada sotuvga chiqarilgan.
Dron Pixy gadjetining og‘irligi 101 grammni tashkil etib, almashtirish mumkin bo’lgan batareyalarga ega. Kompaniyaning qayd etishicha, dronning to‘liq quvvatlanishi har biri 10-20 soniyali 7 ta parvoz uchun yetarli. Shuningdek, batareyani tezda almashtirish va parvozlarni davom ettirish mumkin. Biroq, har bir qo‘shimcha akkumulyator 20 dollar turadi, ikkita akkumulyatorni bir vaqtning o‘zida zaryadlovchi qurilma esa 50 dollarni tashkil etadi.
Pixy 12 megapikselli kamera bilan jihozlangan, kadrlarni saqlash uchun esa 16 Gb xotira moduli o‘rnatilgan. Shu bilan birga, barcha ma'lumotlar Snapchat ilovasi bilan sinxronlashtiriladi, unda siz rasmlarni tahrirlashingiz va ularni boshqa foydalanuvchilar bilan bo’lishishingiz mumkin bo’ladi.
Dron AQSh va Fransiyada foydalanuvchilar e’tiboriga taqdim etilgan. Bitta batareya va USB-C zaryadlovchi kabeliga ega asosiy Pixy modeli 230 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, bir vaqtning o'zida ikkita batareya va maxsus zaryadlovchiga ega ilg'or to'plam 250 dollarga to’g’ri keladi.






