Soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi

Prezident tez oʼsib borayotgan yuqori salohiyatli oʼrta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini taʼkidladi.
Buning uchun, 2023-yil 1-yanvardan:
kichikdan oʼrta biznesga oʼtgan korxonalar ikki yil davomida foyda soligʼining faqat 50 foizini toʼlaydi;
mulkni sugʼurta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;
soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;
davlat xaridlarida 20 foiz kvota oʼrnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablagʼ toʼlab beriladi (amalda 15 foiz).






