Sog'liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev lavozimidan bo‘shatildi va Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev uning o‘rniga vazirlikning yangi rahbari bo‘ladi.
Qonunchilik palatasida deputatlar Behzod Musayevni sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqib, ma’qullash bo‘yicha qaror qabul qildi.
Behzod Musayev 2020 yilning may oyida bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.






