“Sogʼlom turmush tarzi” platformasi uchun 100 milliard soʼm

"Sogʼlom turmush tarzi” platformasi uchun Davlat budjetidan 100 milliard soʼm ajratiladi.

“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qaroriga binoan, 2022-yilda:

“Sogʼlom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilarni ragʼbatlantirish, ularning sonini yanada oshirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar koʼlamini yanada kengaytirish maqsadida Davlat budjetidan 100 milliard soʼm ajratiladi.

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari laboratoriyalarini ehtiyojiga qarab koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan taʼminlash hamda “Toʼgʼri ovqatlanish va sogʼlom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar) budjetlaridan 350 million soʼmgacha mablagʼ ajratish koʼzda tutiladi.

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida 4 turdagi kardiologiya uskunalari mavjudligi yuzasidan xatlov oʼtkazish hamda zarur boʼlgan jihozlarning xaridi uchun respublika budjetidan Sogʼliqni saqlash vazirligiga markazlashgan tartibda ajratiladigan mablagʼlar hisobidan 60 milliard soʼmgacha boʼlgan miqdorda mablagʼ ajratiladi.