Soliq mobil ilovasi orqali to‘langan keshbeklar 773 mlrd so‘mga yetdi

Davlat Soliq qo‘mitasining xabarida qayd etilishicha, dekabr oyida 1,7 mln nafar iste'molchiga 127,4 mlrd soʻm keshbek hisoblangan boʻlib, ayni paytda 1 mln nafardan ortiq iste'molchiga 63,1 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil uchun 2 mln nafarga yaqin iste'molchiga 773 mlrd so‘m keshbek to‘langan.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, belgilangan tartibga asosan iste‘molchilarga dekabr oyi uchun 63,1 mlrd so‘m keshbek summalari tasdiqlandi, hisobotlar taqdim etilishi bilan qolgan keshbeklar to‘lovga tasdiqlanadi.