So’nggi rusumdagi Redmi bir soat ichida rekord darajada sotildi

Redmi yaqinda Xitoy bozori uchun o‘zining Redmi Note 11T Pro smartfonini taqdim etgan edi. 31-may kuni smartfon rasman sotuvga chiqdi. Redmi bosh direktori Lu Veybingning xabar berishicha, kompaniya bir soat ichida 270, 000 dan ortiq ushbu modeldagi telefonlarni sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Aniq ma’lumotlar bo‘lmasa-da, bu natijaga Redmi Note 11T Pro va Note 11T Pro+ modellarning sotuvidan kelib chiqqan holda erishilgan.
Hozircha ikki modelning xalqaro bozorga chiqishi noma’lum. Sotuv hajmi katta bo‘lgani uchun kompaniya smartfonlarni xalqaro bozor uchun ham taqdim qilishi mumkin. Biroq ular xalqaro bozorga boshqa nom ostida sotuvga chiqish ehtimoli ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Redmi 11T Pro modeli 144 gerts 6.6 dyuymli LCD displeyi, Dimensity 8100 chipi, 6/8GB tezkor va 128/256GB doimiy xotira, 64MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 16MP selfi kamera hamda 67 vattdan quvvat oluvchi 5,080 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.
Pro+ modelining esa 512GB xotiraga ega bo‘lgan turi ham bor. Shuningdek, u 120 vattda quvvat oluvchi 4,400 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Qolgan texnik ko‘rsatkichlar esa ikkila modelda bir xil.






