Sorena Sattoriga Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etildi

Eron Islom Respublikasining ilm-fan va texnologiyalar boʼyicha Vitse-prezidenti Sorena Sattorining mamlakatimizga tashrifi doirasida Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev tomonidan Vitse-prezidentga jurnalning ilk soni taqdim etilib, bu ayni Yangi Oʼzbekistonning Yangi loyihalaridan biri ekani taʼkidlandi.

Avvalgi xabarlarimizda ma’lum qilganimizdek, Eron Islom Respublikasining ilm-fan va texnologiyalar boʼyicha Vitse-prezidenti Sorena Sattori shu kunlarda poytaxtimiz mehmoni bo’lib turibdi. Shuningdek, xabaringiz bor uning tashrifi doirasida “Oʼzbekiston-Eron Ilm-fan va innovatsiyalar forumi” ham tashkil etildi.

Mazkur forumda loyihamiz a’zolari ham ishtirok etib, tadbirni keng yoritib, ommaga taqdim etmoqdalar. Forum davomida esa, Eron Islom Respublikasining ilm-fan va texnologiyalar boʼyicha Vitse-prezidentiga Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etilib, loyihaning maqsad va rejalari haqida ma’lumot berib o’tildi.

Janob Sattori jurnalni ijobiy baholadi va loyihaga omad tiladi.