Prezident maktablari bitiruvchilari va senatorlar uchrashuvi tashkil etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼlim muassasalari agentligi va Oliy Majlis Senati tomonidan Senatning yangi binosida Prezident maktablari bitiruvchilari va senatorlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Senati Raisi Narbayeva, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʼmitasi raisi Sayfullayev, Аgentlik direktori Umarova, Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablaridan 92 nafar bitiruvchilar hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yirik oʼzshgarishlar, parlament ish faoliyati, xususan, Senat va senatorlar ish kuni, yalpi majlislar zalida qonunlar muhokamasi bilan tanishdi.

Taʼkidlanganidek, ayni paytda respublikamizdagi 4 ta Prezident maktablari 2022-yilda oʼzining navbatdagi bitiruvchilarini katta hayotga kuzatmoqda.

Joriy yilda Toshkent shahridagi Prezident maktabi 24 nafar, Xiva shahridagi Prezident maktabi 24 nafar, Namangan shahridagi Prezident maktabi 22 nafar va Nukus shahridagi Prezident maktabi 22 nafar bitiruvchiga oq yoʼl tiladi.

Hozirda 65% dan ziyod Prezident maktabi bitiruvchilari Yangi Oʼzbekiston Universitetida oʼqish taklifini bildirdi. Shuningdek oʼquvchilar orasida “El-yurt umidi jamgʼarmasi tanlovida gʼolib boʼlganlar ham bor.

Undan tashqari, bitiruvchilar xorijiy Top mingtalikka kiruvchi Аrizona universiteti, Miami universiteti, Bristol universiteti, Kaliforniya kabi 100 dan ziyod mahalliy va xorijning eng nufuzli xorijiy oliy oʼquv muassasalaridan taʼlim olish uchun takliflar qoʼlga kiritishdi. Jumladan, 2021-2022–yil Prezident maktablari bitiruvchilari horijiy universitetlardan jami 27 million dollardan ziyod toʼliq grantni koʼlga kiritishgan.

Tadbir davomida Senat Raisi Tanzila Narbayeva Prezident maktablari bitiruvchilarini tabrikladi.