СOVID-19: Kasallikdan soʼng bemorlarda kuzatilayotgan olti xavfli asorat

Shifokorlarning tahliliga ko’ra, vaqt oʼtishi bilan COVID-19 qator xavfli asoratlarini ham keltirib chiqarmoqda. Jumladan, kasallik oqibatida tromboz, yurak faoliyati buzilishi, depressiya va xotira susayishi, insult, oʼpka fibrozi kabi kasalliklar namoyon bo’lmoqda.
Qayd etilishicha, shulardan eng koʼp uchrayotgani — tromboz. U ortiqcha vazn, semizlik va qandli diabet kabi metabolik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarda koʼp kuzatilmoqda.
Ikinchi xavfli asorat — yurak faoliyati buzilishi. Virus qon tomirlari, oʼpka, yurak va boshqa organlar toʼqimalariga kirgach, ularni yoʼq qilib, yalligʼlanishni keltirib chiqarmoqda. Bu oʼz navbatida, miokardit yuzaga kelishiga sabab boʼlmoqda.
Uchinchi xavfli asorat — depressiya va xotira susayishi. Pandemiya boshlanganidan buyon shifokorlar COVID-19ni boshdan oʼtkazgan bemorlarda xuddi shu alomatlarni qayd etishmoqda.
Toʼrtinchi xavfli asorat — insult. Bu mazkur infeksiya oqibatida miya tomirlarida kuzatilayotgan yalligʼlanish jarayoni bilan bogʼliq.
Beshinchi xavfli asorat — oʼpka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan soʼng, oʼpkada chandiqlar hosil boʼlib, bu nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keladi.
Oltinchi xavfli asorat — son suyagi, yelka, tizza boʼgʼimlari yemirilishi bilan kechmoqda. Oqibatda endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni koʼpaymoqda.






