Soʼnggi besh yilda sohaga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida agrar sohada taʼlimni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xoʼjaligi yoʼnalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan yigʼilish bo’lib o’tmoqda.

Prezident huzurida qishloq xoʼjaligida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarning borishi hamda taʼlim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilinmoqda.

Soʼnggi besh yilda sohaga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilindi. Shundan, 1,7 milliard dollar oʼzlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirildi.

Buning hisobiga 2,5 ming gektar zamonaviy issiqxonalar, 11 ming gektar intensiv bogʼlar, 6 ta koʼchatchilik xoʼjaligi va 350 ming tonnali muzlatkichli omborxonalar tashkil etildi.

Bugungi kunda, sohada 810 million dollar oʼzlashtiriladigan mablagʼ mavjud.

Davlatimiz rahbari ushbu mablagʼlar hisobiga qilinishi lozim boʼlgan ishlarni belgilab berdi.