Soʼnggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion soʼm yoʼnaltirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport taʼlimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash boʼyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
Soʼnggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion soʼm yoʼnaltirilib, 118 ta yangi yirik sport obyektlari foydalanishga topshirilgani va 110 ta obyekt rekonstruktsiya qilingani taʼkidlandi.
Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard soʼm (2017-yildan 5 baravarga koʼp), shundan sport taʼlim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard soʼm ajratildi.
Ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar yetakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya oʼqituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish boʼyicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berildi.
Аprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi.
“Lekin, sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas”, - dedi davlat rahbari.






