SpaceX raketasi orbitaga 53 ta yangi Starlink sunʼiy yoʼldoshini olib chiqdi

Ilon Maskning 53 ta Starlink internet sunʼiy yoʼldoshi boʼlgan SpaceX Falcon 9 raketasi Floridadagi Kennedi koinot markazidan havoga koʼtarildi. Barcha sunʼiy yoʼldoshlar past Yer orbitasiga muvaffaqiyatli uchirildi.

Malum qilinishicha, sunʼiy yoʼldoshlar video qoʼngʼiroqlar va jonli efir kabi faoliyat uchun kengaytirilgan keng polosali ulanishni taʼminlaydi.

Transporter-2 va GPS III-3 kabi missiyalar uchun ishlatiladigan birinchi bosqich kuchaytirgich bu galgi missiyani tugatganidan soʼng Аtlantika okeanidagi uchuvchisiz kemaga qoʼndi. SpaceX parvoz ushbu raketa turining 100-muvaffaqiyatli missiyasi ekanini maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun, Starlink bu tarmoq ishonchsiz, qimmat yoki umuman mavjud boʼlmagan joylarda yuqori tezlikdagi keng polosali sunʼiy yoʼldosh Internetiga kirishni taʼminlash uchun SpaceX tomonidan joylashtirilgan global sunʼiy yoʼldosh tizimi hisoblanadi.