SpaceX uchirilgan raketalar soni bo’yicha jahon yetakchisi

The Wall Street Journal nashri xabariga ko’ra, Amerikaning SpaceX kosmik kompaniyasi 2022-yilda 61 ta raketa uchirib, xususiy va davlat kompaniyalari orasida jahon yetakchisiga aylandi.
AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati ma’lumotlariga ko’ra, SpaceX 60 ta missiyada Flacon-9 raketasidan foydalangan.
“Falcon 9 bir yilda bir turdagi raketani uchirish bo’yicha jahon rekordini o’rnatdi”, dedi kompaniya rahbariyati. Shuningdek, raketalar 2022-yilning har oltinchi kunida uchirilgani qo’shimcha qilindi. Qayd etilishicha, uchirmalarning aksariyati Starlink sun’iy yo’ldoshlarini orbitaga yetkazish uchun amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Deutsche Bank hisob-kitoblariga ko’ra 2022-yilda orbital parvozlar bozorining umumiy hajmi qariyb 8 milliard dollarni tashkil etgan. Bank ekspertlari 2030-yilga borib bu ko’rsatkich 35 milliard dollargacha o’sishini kutmoqda.






