“Spartak” klubi Yevropa ligasidan chetlatildi

FIFA va UEFA Rossiyadagi mahalliy klublar va mamlakat milliy terma jamoasini barcha musobaqalardan chetlatdi.

Bu sanksiyalar Rossiya erkaklar terma jamoasi kelasi oy Jahon chempionati pley-off o‘yinlaridan va ayollar jamoasi bu yil yozgi Yevropa chempionatidan chetlatilganini nazarda tutadi. Shuningdek, «Spartak» klubi ham Yevropa ligasidan chetlatildi, UEFA esa Rossiyaning energetika giganti «Gazprom» homiyligidan voz kechdi.

Mazkur qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik va belaruslik sportchilar hamda mansabdor shaxslarni har qanday xalqaro musobaqalardan chetlashtirishni tavsiya qilganidan so‘ng qabul qilingani aytildi.