Sport to’garaklariga boruvchi kam ta’minlangan oila farzandlariga chegirmalar beriladi

Ta'lim muassasalarida aholiga pullik xizmat ko'rsatuvchi sport to'garaklari tashkil etiladi.

Kam ta'minlangan oilalardan to'garakka boradiganlarga to'lovlar 50 foizga kamaytiriladi.

Bunda oilaning kam ta'minlanganligi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali aniqlanadi.

Bir oiladan 2 yoki undan ko'p farzand ishtirok etganda, to'lovlar imtiyozli ravishda har bir bola uchun 70 foiz miqdorida qo'llaniladi.