Sportchilarimiz qishki Universiada o‘yinlarida ishtirok etadilar

2023-yilning 12-22-yanvar kunlari AQShning Leyk-Plesid shahrida XXX Butunjahon qishki Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi.
Hamyurtlarimiz tog‘ chang‘isi, snoubord va figurali uchish sport turlarida jami 13 nafar atlet bilan okean ortiga yo‘l oladi.
P.S. Delegatsiya 10-yanvar kuni AQSh safariga jo‘nab ketadi.






