Sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish boʼyicha yangi tizim joriy qilinadi

Sidney va Rio Olimpiadalarida shuhrat qozongan Аndijon, Buxoro va Fargʼona boks maktablari bugungi kunga kelib natija koʼrsatmay qoʼygani taʼkidlandi.

Oʼtgan yili 352 ta respublika musobaqasi oʼtkazilgan boʼlsa-da, birorta hududda tuman bosqichi, 158 tasida esa viloyat bosqichi tashkil etilmagan.

“Sport vazirligini yangidan tashkil etib, vazir va oʼrinbosarlariga aniq vazifalarni qoʼyganman.

Endi sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish boʼyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi", dedi Prezident.

Eng avvalo, yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash borasidagi yondashuvlar oʼzgartiriladi.