Sportchimiz Olimpiya o'yinlarida rekord o'rnatdi

Og'ir atletikachimiz Muattar Nabieva og'ir atletika bo'yicha Olimpiya rekordini yangiladi.

Andijonlik sportchi 98 kilogramm toshni ko‘tarib, 55 kg vazn toifasida shtangani ko'targan qizlar orasida Olimpiada rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Muattar Nabieva 4-o'rinni egallab, Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.