Sportchimizning Pekin-2022 dagi ishtiroki erta yakunlandi

Komiljon To‘xtayevning slalom dasturidagi chiqishi hakamlar tomonidan hisobga olinmadi.
2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi bo‘yicha slalom va gigant slalom yo‘nalishida O‘zbekiston nomidan faqat bitta vakil Komiljon To‘xtayev ishtirok etayotgan edi.
Afsuski, Komiljon To‘xtayevning slalom dasturidagi chiqishi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Ma’lumki, sportchilar trassa bo‘ylab harakat davomida har bir darvozani bosib o‘tishlari lozim. Hamyurtimiz marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi va buning natijasida diskvalifikatsiya qilindi. Shu bilan sportchimizning Pekin-2022 dagi ishtiroki erta yakunlandi.






