Sputnik V vaksinasi O'zbekistonda keyingi haftadan boshlab ishlab chiqariladi

Rossiyaning Sputnik V vaksinasini ishlab chiqarish kelasi haftada Olmaliq shahridagi Jurabek Laboratories ishlab chiqarish korxonasida boshlanadi.
Rossiya vaksinasini O'zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati aprel oyi oxirida Qozonda bo'lib o'tgan O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va uning rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustinning uchrashuvi chog'ida muhokama qilindi.
Keyinchalik Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Moskva va Toshkent vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha kelishuv tuzganini aytdi.






