Sputnik V vaksinasining birinchi partiyasi O'zbekistonda ishlab chiqarildi

Birinchi bosqichda vaksinani ishlab chiqarish uchun xom ashyo Rossiyadan keltirildi. Vaksina Olmaliqdagi Jurabek laboratories korxonasida tayyorlandi.

"Sputnik V vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi. Mazkurartiya ushbu vaksinaning sifatini sinab ko'rish maqsadida Rossiyadagi Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markaziga yuborilgan", - dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i Bahodir Yusupaliev.

Ta'kidlash joizki, xitoylik hamkasblar ushbu vaksinani ishlab chiqarish sharoitlaridan to'liq qoniqishgan.