Аdham Ikramov SSP Rayosati raisi etib saylandi

Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi yangi taʼsis etilgan lavozim boʼlib, unga Prezident tavsiyasi boʼyicha Аdham Ikramov saylandi. Bu jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi.
Prezidium 25 kishidan iborat bo'lib, ular tarkibiga SSP rahbariyati, shuningdek, mamlakat biznesining taniqli vakillari kiradi.
Аyni vaqtda Аdham Ikramov sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Maʼlumot uchun, Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida oʼz ishini davom ettirmoqda.






