SSP tomonidan Amazon.com platformasidan foydalanish uchun o‘zbek tilidagi qo‘llanma ishlab chiqildi

Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish hajmini oshirish maqsadida o'zbek tilida darslik ishlab chiqdi.
Qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism platformaning imkoniyatlari, unda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish shartlari kabi mavzularda ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Qo‘llanmaning ikkinchi qismi esa Amazon.com elektron savdo platformasida sotuvchi sifatida ro‘yhatdan o‘tish, platformaning mavjud tariflari, ma’lumotlarni kiritish tartibi, zarur xujjatlar haqida to‘liq va batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan.
SSP tadbirkorlarimizni yaratilgan imkoniyatdan to‘liq foydalanishga va elektron savdo orqali mahsulotlar eksportini yanada oshirishga chorlaydi.






