SSP va "Bright Uzbekistan": yaqin hamkorlik uchun uchrashuvlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoati palatasida, palata raisi Adxam Ikramov va "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi rahbari boshchiligidagi jamoa a’zolari o‘rtasida istiqbolli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi vakillari loyiha taqdimotini o‘tkazdilar va uning oldida turgan maqsad va vazifalar, kelajak rejalari haqida ma’lumot berdilar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildilar. 

Uchrashuv haqida batafsil ma’lumotlarni navbatdagi yangiliklarimizda ko‘rishingiz mumkin.